IBA Jahon chempionati. Kunni g‘alaba bilan boshladik!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 4 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
-54 kg vaznda bokschimiz Asilbek Jalilov Gana sportchisi Amadu Mohammedga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0.
Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng yana bir hamyurtimiz Akmaljon Isroilov qozog‘istonlik Daulet Tulemissovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar