IBA jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 10 million dollargacha oshiriladi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov promouterlik kongressida jahon chempionatida ishtirok etuvchi bokschilar uchun mukofot pullari oshirilishini e’lon qildi.
"Biz erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining sovrin jamg‘armasini 8 million dollardan 10 million dollargacha oshiramiz. Bu to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan sportchilarga 10 000 dollar o‘rniga 30 000 dollar olish imkonini beradi", - deya Kremlyovning so‘zlarini keltirdi "Chempionat.som" sayti.
Ma’lumot uchun, bugun jahon chempionatining final janglari bo‘lib o‘tadi. Unda 6 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarilishi belgilangan.
Fikrlar