Ibragimovich faoliyatini "Xaydenxaym"da davom ettiradi

  • 25.06.2025 14:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" Leroy Sane ortidan yana bir vingerini ham ketkazmoqda.

Myunxenliklarning yosh vingeri Arijan Ibragimovich faoliyatini Bundesliganing yana bir klubi "Xaydenxaym"da davom ettiradi. Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik futbolchi yangi mavsumni ijara asosida "qizil-ko‘klar" safida o‘tkazadi. Yosh futbolchi ham o‘yin amaliyoti sabab klub almashtirishga qarshi emas.

Ibragimovich uchun Italiya A Seriyasi klublaridan ham takliflar tushgan edi, biroq futbolchining o‘zi Germaniyada qolishni maqul ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!