
Ibragimovich joriy mavsum MLSdagi 10-golini urdi (video)
“Los-Anjeles Gelaksi” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich “Sporting Kanzas Siti”ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan MLSning navbatdagi turida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Qayd etish lozimki, 37 yoshli shvetsiyalik hujumchi shu tariqa o‘zining joriy mavsumdagi gollari sonini 10 taga etkazib oldi.
ma’lumot uchun, ayni damda MLS to‘purarlar poygasida "Los-Anjeles" forvardi Karlos Vela peshqadamlik qilmoqda. Meksikalik futbolchi hisobida 15ta gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich bundan avvalgi 2 ta o‘yinni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar