
Ibragimovich "Milan" inqirozdan qanday chiqishi mumkinligini aytdi
Shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich sobiq jamoasi hisoblangan "Milan"dagi inqiroz va undan qanday qilib chiqish yo‘llari haqida gapirdi.
“Menga judayam og‘ir, junki “Milan” eng yaxshi natijalarni qayd etishi va uning tarkibida eng zo‘r futbolchilar o‘ynashi kerak.
Bunga qanday erishish kerak? Investitsiya kerak. Agar kimdir pul tikmasa, vaziyat o‘zgarmaydi. Chunki, sifatli futbolchilarni tekinga olib bo‘lmaydi”, - deydi Ibragimovich.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich 2010-2012 yillarda “Milan”da to‘p surgan. U hozirda "Los-Anjeles Gelaksi" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar