Ibragimovich shved klubiga o‘tishiga sha’ma qildi

  • 26.11.2019 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yana bir necha kunlardan so‘ng "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bilan shartnomasi yakunlanadigan va erkin agentga aylanadigan hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘zining kelajagi borasida sha’ma qilib o‘tdi.

Bu safar 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi Shvetsiyaning “Xammarbyu” klubiga o‘tishga ishora qildi. Aniqrog‘i, Zlatan o‘zining instagram sahifasida Ibragimovich ismi yozilgan ushbu klub libosida videorolikni joylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ibragimovichga asosan A Seriya klublari xaridor bo‘lishmoqda. “Milan” va “Napoli” shular jumlasidandir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!