Ibragimovich yangi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

  • 9 mart, 2021, 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Milan”da o‘ynashda davom etadi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi tez orada “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasini 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirmoqchi. Yangi kelishuvga ko‘ra Zlatanning maoshi 7 mln evroni tashkil etadi.

Ibragimovich joriy mavsum A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 14 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!