
Ibragimovichning dubli "Los-Anjeles Gelaksi"ning 3 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatli seriyasiga barham berdi
"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich MLSning "Dallas"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinida dubl qayd etdi.
Shu kuni 37 yoshli shvetsiyalik futbolchining gollari jamoasiga g‘alaba keltirdi. E’tiborlisi, bungacha "Los-Anjeles Gelaksi" klubi qatorasiga 3ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘layotgan edi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum MLSda jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18ta gol hamda 3ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar