Ibragimovichning Ronaldudan ustun jihati nimada?

  • 20 oktabr, 2020, 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyalik mashhur mutaxassis Alberto Zakkeroni "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning ustunlik jihatlari haqida gapirdi.

“Men faoliyatim davomida juda ko‘p chempionlar bilan ishladim. Yagona afsuslanadigan narsam – Ibragimovichni shug‘ullantirmaganim. Nega unga biron marta ham “Oltin to‘p”ni berishmaganiga tushunmayman.

Zlatan Italiya futbolida Krishtianu Ronalduga qaraganda ko‘proq ta’sirga ega. "Milan"ga qaytganidan keyin ko‘plab yosh futbolchilar katta o‘sishga erishayotgani bejiz emas. U shunchaki gol urmaydi. U barcha sheriklariga ishonch beradi va qiyin paytlarda jamoa yukini o‘z elkasiga oladi”, - dedi Zakkeroni.

39 yoshli Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!