
Ibrohimjon O‘rinov muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi
Andijon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan "Fyuchers" turkumidagi musobaqada asosiy to‘r bahslari boshlandi.
Turnirning birinchi davrasida yosh tennischimiz Ibrohimjon O‘rinov hindistonlik Manish Sureshkumarni 1:6, 6:4, 7:5 hisobida taslim qildi.
Endi ikkinchi davrala Ibrohimjon yana bir hindistonlik tennischi Rishab Agarvalga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar