Ibrohimovich: Mbappega qaerda o‘ynashini men aytdim!

  • 23 yanvar, 2022, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zlatan Ibrohimovich PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha ungcha murojaat qilganini bildirdi.

Tecno

- Kilian faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha faqat o‘zi ma’lumot berishi mumkin. Bu uning istagi va rejalariga bog‘liq. Uning o‘rnida bo‘lganimda ketardim. PSJ esa uni ushlab qolishga harakat qilsin. Lekin hammasini Mbappening o‘zi hal qiladi. Klub uning qolishini istayapti, lekin o‘yinchining o‘zichi?

Mbappeni oladiganlar ko‘p. Agar siz sport direktori bo‘lib ishlasangiz va pulingiz etarli bo‘lsa, Kiliandek o‘yinchini olishni istamasangiz ishlarni noto‘g‘ri olib borayotgan bo‘lasiz.

Menga Kilian maslahat so‘rab murojaat qilganida: “O‘rningda bo‘lganimda “Real”ga o‘tardim”, dedim.

Faoliyatimda juda ko‘p jamoalarda, turli mamlakatlarda, har xil chempionlar bilan o‘ynash nasib qildi va men aynan mana shu yo‘l bilan rivojlandim. O‘z yurtingda faoliyating oxirigacha o‘ynash ancha oson. Narsalarni yig‘ishtirib, boshqa mamlakatga yo‘l olish bu sarguzashtning o‘zginasi, - dedi Zlatan Ibrohimovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!