Ichkilik botqog‘iga botib borardim!
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatidagi qiyin davrda ichkilikka ruju qo‘ygani haqida gapirib berdi.
Iste’dodli yarim himoyachi 2020 yili manchesterlik tarkibida deyarli maydonga tushmadi va muntazam ravishda muxlislar tanqidiga duchor bo‘ldi.
Futbolchining aytishicha, ana shu murakkab pallada u kechasi bilan ichkilik ichgan va o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Avvallari uning oilasida hech kim bu qadar irodasizlik qilmagan ekan.
Jessining “Vest Xem”ga ijaraga berilishi uning hayotida burilish yasadi. Bu jamoa tarkibida u o‘z o‘yini qayta topdi. Lingard o‘tgan mavsum yarmida ijara asosida “Vest Xem”ga o‘tdi va 16 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urdi.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” bu futbolchini sotib yubormoqchi. Unga “Vest Xem” xaridor bo‘lmoqda.



Fikrlar