Igor Sergeev sobiq hujumchi Anvar Solievga deyarli etib oldi
"Paxtakor" klubi safida O‘zbekiston chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.
Eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Anvar Soliev bo‘lib, uning hisobida 86 gol mavjud. Solievni ta’qib qilib kelayotgan Igor Sergeev unga juda yaqinlashib oldi. Sergeev urgan gollar soni 85taga etdi va yana ikki gol uni O‘zbekiston chempionatlarida jamoaning eng yaxshi to‘purarga aylantiradi.

Kuchli o‘nlikdan Zayniddin Tojiev, Aleksandr Geynrix, Igor Shkvirin, Server Jeparov, Dilmurod Nazarov, Sobir Xodiev, Mirjalol Qosimov va Shuhrat Maqsudov o‘rin olgan.
Anvar Soliev 86
Igor Sergeev 85
Zayniddin Tojiev 71
Aleksandr Geynrix 66
Igor Shkvirin 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
Sobir Xodiev 54
Mirjalol Qosimov 52
Shuhrat Maqsudov 51
Fikrlar