
Iguain: Hozir Lautaroning o‘rnida bo‘lib qolishni xohlamasdim. U nega bunday dedi?
“Yuventus” forvardi Gonsalo Iguain “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan “Inter” hujumchisi Lautaro Martines haqida gapirdi.
“Bu juda qiyin vaziyat. 18 yoshimda “Real”ga “yo‘q, rahmat” demaganman.
Men hech kimning tarafini olmoqchi emasman, lekin sizni “Barselona” va Messi chaqirganda, uni rad etish juda qiyin. Men hozir Lautaro Martinesning o‘rnida bo‘lib qolishni xohlamagan bo‘lardim.
Lautaro hozir o‘sish paytida. U yosh bo‘lishiga qaramay, “Inter” singari katta jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib ulgurdi. U allaqachon Amerika kubogida o‘ynadi va gollar urdi, u Argentina terma jamoasining markaziy hujumchisi bo‘lishi uchun barcha fazilatlarga ega”, - deydi Iguain.
Fikrlar