III Osiyo yoshlar o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan qahramonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi!

Xabar berib borayotganimizdek, 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn davlatining Manama shahri III Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qildi.

Musobaqada og‘ir atletikachilarimiz ham munosib ishtirok etib, 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yuqori natijalarga erishishdi va umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi. Ushbu ko‘rsatkichlar, o‘zbek og‘ir atletikasida munosib avlod etishib chiqayotganidan dalolat beradi, albatta.

Bugun esa ular yurtimizga qaytib keldilar. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Og‘ir Atletika federatsiyasi rasmiylari, OAV vakillari hamda sportchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib oldilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!