Ikardi «Galatasaray»ga qaytishni istamoqda
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi Turkiyaning «Galatasaray» jamoasiga qaytishni istamoqda.
Jurnalist Nayara Vekkyo tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli forvard Turkiya chempioni safiga qayta qo‘shilish uchun maoshini qisqartirishga ham tayyor. Ikardi «Galatasaray»ni o‘tgan yozda tark etgandi, shundan beri esa o‘ziga yangi klub topa olmadi. OAVda uning xizmatlariga «Tottenxem» qiziqayapti, degan xabarlar chiqqan, ammo londonliklar bilan shartnoma imzolash amalga oshmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Mauro Ikardi «Galatasaray» tarkibida Turkiya chempionatida 31 ta o‘yin o‘tkazgan. Argentinalik futbolchi shu davr mobaynida 14 ta gol urgan va bir bor golli pas amalga oshirgan.

Fikrlar