Ikki futbolchimizni “Chelsi”ga berdik!
Lissabonning “Sporting” klubi rasmiy sayti orqali ikki nafar yosh o‘yinchisini 74 million evro evaziga “Chelsi”ga transfer qilganini bidirdi.
Londonliklar 17 yoshli qanot hujumchisi Jeovani Kenda va 20 yoshli tayanch yarim himoyachi Dariu Esuguni o‘z safiga qo‘shib oladigan bo‘ldi.
Ayni paytda ijara asosida Ispaniyaning “Las-Palmas” klubida o‘ynayotgan Esugu “Chelsi”ga 22,27 million evroga tushgan. Yarim himoyachi mavsum yakunlanishi bilan Londonga ko‘chib boradi.
Kenda “Chelsi” futbolchisiga aylanganiga qaramay, 2026 yilning yozigacha “Sporting”da o‘ynab turadi. “Aristokratlar” uni kelajak uchun sotib olgan. Bu transfer Angliya klubiga 52,14 million evroga tushdi.



Fikrlar