Ikki grand Angliyadagi to‘purarni talashyapti

  • 23.02.2026 05:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Manchester Yunayted” va “Arsenal” kelasi mavsum oldidan hujum chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Har ikki klub joriy chempionatda toʻpurarlik mahoratini namoyish qilayotgan “Brentford” hujumchisi Igor Tyagoni kuzatuv ostiga oldi. Manchesterliklar ham, londonliklar ham transfer uchun harakatni boshlashdan oldin “Brentford” mavsumni qanday yakunlashini kutmoqda.

Chunki “Brentford”ning 24 yoshli forvardni qoʻyib yuborishi yoki tarkibda olib qolishi koʻp jihatdan jamoaning Yevropa kuboklariga chiqish yoki chiqmasligiga bogʻliq boʻladi.

Bu maʼlumotlarni jurnalist Ekrem Konur Sports Boom nashri oraqali tarqatdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” oʻtgan yozda sotib olgan hujumchilaridan koʻproq natija kutgan. Ammo amalda bunday boʻlib chiqmadi.

“Brentford” braziliyalik futbolchini  71 million funtdan (81,6 million yevro) yuqori taklif kelib tushsa sotishga rozi boʻladi.

Tyago 17 ta gol bilan joriy mavsum Angliya chempionatining ikkinchi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati  35 million yevroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!