Ikki hamyurtimiz "ONE Fight Night 36" turnirida ishtirok etadi
4 oktyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida "ONE Fight Night 36" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda ikki hamyurtimiz ishtirok etishi belgilangan.
Promoushenning super engil vazn toifasida 3-o‘rinni egallab turgan Sanjar Zokirov xitoylik Hu Yong (5-o‘rin)ga qarshi MMA qoidalariga ko‘ra jang qiladi.
Yana bir vakilimiz Aslamjon Ortiqov esa mezbon sportchi Kongzorane Sor bilan muay tay qoidalariga ko‘ra bahs olib boradi.

Fikrlar