
Ikki legionerimiz to‘p tepadigan "Rubin" RPLga qaytdi!
Rossiya Birinchi ligasida harakat qiluvchi Qozonning "Rubin" klubi bir mavsumlik tanaffusdan so‘ng Rossiya premer-ligasiga qaytdi. Jamoa kecha MFL 32-turida "Baltika"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Chempionat tugashiga 2 tur qolganida, qozonliklar 65 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda. 2-o‘rindagi "Baltika" hisobida 64 ochko mavjud. Uchinchi pog‘onadan o‘rin egallagan "Alaniya" hisobida hozircha 56 ochko bor.
"Rubin" o‘tgan mavsum Leonid Slutskiy qo‘l ostida 15-o‘rinni egallab, RPLdan tushib ketgandi. Rashid Rahimov boshchiligida klub yana yuqori divizonga qaytishni uddaladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Rubin" tarkibida ikki hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov to‘p tepadi.
Fikrlar