Ikki mega yulduz Angliyadan Saudiyaga borib pul ishlaydi

  • 04.03.2026 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yozgi transfer oynasi vaqtida Saudiya Arabistoni Professional ligasi bir nechta mashhur futbolchilarni qabul qilishi kutilmoqda.

The Touchline nashri ma'lumotiga ko‘ra, Angliya Premier-ligasidan “ikki nafar juda yirik futbolchi” Pro-ligaga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. Qaysi futbolchilar ekani aniq aytilmagan.

Fanatlar fikricha, ulardan biri “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bo‘lishi mumkin. Chunki misrlik futbolchining o‘yinida pasayish kuzatilmoqda va uning bosh murabbiy Arne Slot bilan munosabati ham ko‘ngildagidek emas.

Manba ushbu transferlar haqidagi rasmiy e'lonlar jahon chempionati boshlanishidan oldin berilishi mumkinligini ta'kidlagan.

Hozir Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu va yana bir qator yuqori darajali futbolchilar to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!