
Ikki murabbiyni “quritgan” Ronalduning uchinchisiga "tishi o‘tmadi"!
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaga Erik ten Xagni bosh murabbiy qilib tayinlash masalasini futbolchilar bilan muhokama qilmadi.
Ungacha, klub xo‘jayinlari Ule-Gunnar Sulsherni lavozimidan ozod qilishda o‘yinchilar fikrini o‘rgangan, Krishtianu Ronaldu bir vaqtlar o‘zi bilan o‘ynagan va keyinchalik murabbiyga aylangan Sulsherning ishi qoniqarsiz ekanini aytgandi.
Bundan tashqari, klub Sulsherning o‘rniga Antonio Konteni taklif qilishni rejalashtirayotgan vaqtda portugaliyalik yulduz italiyalik murabbiy nomzodiga ham qarshi chiqqani oshkor bo‘ldi.
“Manchester Yunayted”dan rasmiy taklif olmagan Konte oxir-oqibat “Tottenxem”ni qabul qilib oldi.
Vaziyatdan xulosa chiqargan rahbarlar bu gal hech qaysi futbolchining fikri bilan qiziqqani yo‘q.
Fikrlar