Ikki nafar hamyurtimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi
World Boxing tashkiloti kubogi bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga ikki nafar qizlarimiz yetib kelishgan.
-48 kg: Farzona Fozilova - Fatima Errera (Meksika) 19:00
-65 kg: Navbahor Hamidova - Aida Abikeeva (Qozog‘iston) 01:00
Bahslar Toshkent vaqti bilan 19:00 va tungi 00:00 da boshlanadi. Janglardagi vaqtlar taqdirlash marosimi sababli o‘zgarib borishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar