Ikki nafar o‘zbek bokschilari "Chempionlar oqshomi"da ringga ko‘tariladi

  • 20 avgust, 2023, 13:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
26 avgust kuni Moskva yaqinidagi Serpuxov shahrida, "Nadejda" sport saroyida "IBA Champions Night" boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
 
Xalqaro boks kuniga atab o‘tkaziladigan turnirda mahalliy va bir qancha xorijiy davlatlardan kelgan bokschilar bir qatorda Odiljon Aslonov va Muzaffar Rasulov kabi hamyurtlarimiz ham jang o‘tkazadi.  
 
To‘liq juftliklar bilan tanishing:
 
(67 kg) Egor Nazarov (Rossiya) - Shohrux Jiyanov (Tojikiston)
(70 kg) Vasilev Stanislav (Rossiya) - Rasulov Muzaffar (O‘zbekiston)
(63,5 kg) Pavel Fedorov (Serbiya) - Jeyms Sereyji (Ruminiya)
(80 kg) Odijon Aslonov (O‘zbekiston) - Shadir Musa Bvogi (Uganda)
(63,5 kg) Bahodir Usmonov (Tojikiston) - Luis Arkon (Venesuela)
(+92 kg) Mark Petrovskiy (Rossiya) - Xulio Kastilo (Ekvador)
(63,5 kg) Vsevolod Shumkov (Rossiya) - Lazaro Alvares (Kuba)
(67 kg) Xariton Agrba (Rossiya) - Xolisani Ndongeni (Janubiy Afrika)
(92 kg) Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Xulio La Kruz (Kuba)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!