Ikki superklub “Real” bilan tezkor himoyachini talashyapti
Niderlandiyalik mahoratli himoyachi Mikki van de Ven yozgi transfer oynasi davrida “Tottenxem”ni tark etib, nufuzliroq klubga o‘tishi mumkin.
Bu haqida Transfer News Live va TEAMtalk kabi manbalar xabar berdi.
24 yoshli tezkor futbolchi agentlari yordamida kelajagi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.Chunki Mikkining o‘zi ham unga jiddiy klublar qiziqayotganini juda yaxshi anglab turibdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Mikki van de Ven atrofidagi vaziyatni “Real”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” kabi qudratli klublar sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Van de Venning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtasigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 65 million yevro, deb baholagan.
“Tottenxem”da 2023 yildan beri to‘p tepayotgan Mikki markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda yettita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar