Ikki superklubdan haydalgan murabbiyni yana Angliyaga olib kelishadi

  • 03.11.2025 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”dagi faoliyati davomida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, klub rahbariyati tomonidan bir yil muqaddam iste’foga chiqarilgan Erik ten Xag yana Angliya chempionatida paydo bo‘lishi mumkin.

Jurnalist Stiv Braun xabarlariga ko‘ra, Angliya Premer-ligasi autsayderlari “Vulverxempton” bosh murabbiy Vitor Pereyrani ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.

Qiziq tomoni shundaki, chempionatning boshida klub portugaliyalik murabbiy bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan yangi mehnat shartnomasi imzolagan edi. Endi vaziyat o‘zgardi.

Manbaning ta’kidlashicha, “bo‘rilar” ayni paytda ishsiz yurgan Erik ten Xag bilan hamkorlik imkoniyatini o‘rganish masalasida aloqa bog‘ladi.

Erik ten Xag mavsumni Bundesligada Leverkuzenning “Bayer” jamoasi bosh murabbiyi sifatida boshlagan edi. Biroq qoniqarsiz natijalar ortidan nemis klubi ham 55 yoshli mutaxassisni ishdan haydab yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!