Ikki tennischimiz reytingda Denis Istominni ortda qoldirdi (foto)

  • 11.07.2022 17:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

ATP tennischilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘zbek raketka ustalari orasida Humoyun Sultonov yana peshqadamlikni qo‘lga oldi. Vakilimiz 3 pog‘ona yuqoriladi va Istominni ortda qoldirdi. Shuningdek, ushbu reytingda Sergey Fomin ham Denisdan yaxshi ko‘rsatkichga ega.

O‘z navbatida, Istomin 27 ochko yo‘qotgani tufayli ro‘yxatda 72-o‘rin pastladi. Quyida o‘zbek tennischilarining ATP reytingidagi o‘rni bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

image_2022-07-11_12-08-40

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!