
Ikrom Aliboev "Lokomotiv"da (FOTO)
"Lokomotiv" jamoasining sobiq futbolchisi, bugungi kunda Janubiy Koreyaning "Seul" klubi sharafini himoya qilayotgan Ikrom Aliboev "temiryo‘lchilar" mashg‘ulotida ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab ko‘p joylarda futbol o‘yinlari o‘tkazilmayapti. 29 fevral kuni boshlanishi kutilgan Janubiy Koreya chempionati ham noma’lum muddatga qoldirilgan.
"Seul" bugun Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahsini o‘tkazishi lozim edi, lekin koronavirus sabab uchrashuv boshqa kunga qoldirildi. Natijada Aliboev klub rahbariyatidan ruxsat so‘rab O‘zbekistonga keldi. U o‘z sport formasini ushlab turish maqsadida "Lokomotiv" jamoasining bugungi mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Fikrlar