
Ikrom Aliboev: "Oltin to‘p"ni yarim himoyachi qo‘lga kiritganidan xursandman"
"Manchester Siti" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Janubiy Koreyaning "Sonnam" jamoasida harakat qilayotgan hamyurtimiz Ikrom Aliboev bu haqida fikrlarini bildirdi.
"Sovrinni yarim himoyachi qo‘lga kiritganidan xursandman. Ammo Vini bunga loyiq edi", - deya norozi bo‘ldi Aliboev o‘zining ijtimioy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli legionerimiz joriy mavsum K-2 Ligada 17 bahsda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar