Asosiy mazmunga oʻtish

Ikrom Aliboevning yangi jamoasini bilasizmi?

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Janubiy Koreya chempionatidan qaytgan legionerimiz yana Superligada to‘p suradi.

Yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirayotgan “Bunyodkor” klubi muxlislarini xursand qiladigan transferlarni tayyorlamoqda.

Sports.uz insayderining xabar berishicha, Ikrom Aliboev “Bunyodkor” klubining taklifini qabul qilgan. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ham erishishgan.

Aliboev o‘tgan yil boshida Janubiy Koreya chempionatiga yo‘l olgan bo‘lib, u erda “Kanvon” va “Seonnam” klublari uchun to‘p surdi.

Bu yil Aliboev “Seonnam” safida K-Liga 2 chempionatida 17 ta uchrashuvda qatnashdi va 1 ta golli uzatmani berdi. Kubok bahsida esa u 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.

30 yoshli yarim himoyachi Janubiy Koreyada shuningdek, “Seul” va “Tedjon Sitizen”da ham o‘ynagan. Yurtimizda esa “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” uchun to‘p surishga ulgurgan. “Bunyodkor” uning O‘zbekiston chempionatidagi uchinchi jamoasiga aylanadi. Qolaversa, milliy terma jamoamizda 28 ta o‘yin o‘tkazgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q