
Ilgari bu ishni hech kim uddalay olmagan!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya premer-ligasining uchinchi turida “Liverpul”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin tarixiy natija sohibiga aylandi.
Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgshan bahsda manchesterliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, niderlandiyalik 52 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted”ning “Liverpul” bilan ilk uchrashuvida g‘alaba qozongan dastlabki bosh murabbiyi sifatida e’tirof etildi. Bungacha manchesterliklarning hech bir murabbiyiga birinchi urinishda liverpulliklarni taslim qilish nasib etmagan.
Erik ten Xag o‘tgan mavsum “Ayaks”ni Niderlandiya chempioniga aylantirgan edi. Endi bu mutaxassis oldida “Manchester Yunayted”ga sovrinlar yutib berish vazifasi yuklatilgan.
Fikrlar