Ilhom Mo‘minjonov: "Raqib jamoani bir ochko bilan tabriklayman"

  • 11.04.2026 15:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Respublika FA" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlandi va bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dastlab, uchrashuvning 28-daqiqasida Abdulvosid Soliev hisobni ochdi. 44-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi  Azimjon Ahmadov gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Uchrashuvdan keyin Ilhom Mo‘minjonov OAV vakillari savollariga javob qaytardi.

"Bugungi o‘yin haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, 2 ochkoni qo‘ldan boy berdik. 2-tur, o‘z maydonimizdagi ochilish bahsida g‘alaba qozonishimiz shart edi.

Bir qancha xavfli vaziyatlardan foydalanа olmadik, yarim himoyachilarimiz kerakli nuqtadan uradigan pallada pas o‘ynashdi. Raqib jamoani bir ochko bilan tabriklayman. Hayot to‘xtab qolmaydi. Chempionat endi boshlandi. Buyog‘iga yanada astoydil ishlaymiz. Maqsadimiz bitta — Superligaga chiqish. Rahbariyat oldimizga faqat shu vazifani qo‘ygan. Keyingi raqib — TerDu. Bu raqibga qarshi ham g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqa yo‘limiz yo‘q", - dedi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!