Iliya Topuriya: "Bu jang tashkil etilsa, "Santyago Bernabeu" stadioni to‘lib-toshadi"
Ahmadbek Eshmatov
UFC yulduzi kim bilan jang qilishdan ko‘proq manfaatdor ekanini aytdi.
UFC yulduzi Iliya Topuriya Shimoliy Amerika promoushenida kim bilan jang qilishdan ko‘proq manfaatdor ekanini aytdi.
"Meni eng ko‘p qiziqtirayotgan jang - Peddi Pimblett bilan to‘qnashuv. Agar UFC bu bahsni tashkil etsa, Ispaniyadagi "Santyago Bernabeu" stadioni to‘lib-toshadi" - deya Iliyaning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya so‘nggi jangida amerikalik Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Izohlar (0)