Iliya Topuriya oxiri "yorildi" va OAVga murojaat qildi

  • 04.01.2026 12:08
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya "El Mundo" nashrining "El Matador" sobiq turmush oʻrtogʻi tomonidan unga nisbatan uydagi zoʻravonlik ayblovi boʻyicha koʻrsatma berish uchun Ispaniya sudiga chaqirilganligi haqidagi maʼlumotni qatʼiyan rad etdi.

"Ommaviy axborot vositalarining ishini qadrlayman va ularga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Biroq ming afsuski, hozir men sportga aloqasi boʻlmagan masalalar boʻyicha yangiliklar sarlavhasida turibman. Taniqli shaxs nomi katta yangiliklar va shov-shuvli sarlavhalarga duchor boʻlishini tushunaman. Biroq kecha bir OAV yolgʻon sarlavha bilan material eʼlon qilib, meni oilaviy zoʻravonlik ishi boʻyicha koʻrsatma berish uchun chaqirishganini aytdi. Keyinchalik bu sarlavha notoʻgʻri boʻlgani uchun oʻzgartirildi.

Meni hech qachon bunday ish yuzasidan koʻrsatma berish uchun chaqirishmagan, albatta, agar zarur boʻlsa, buni oʻz ixtiyorim bilan qilaman. Sud tizimi tufayli u yerga borishim shart, ammo chaqiruv qogʻozi faqat - men toʻrt oydan beri koʻrmagan - qizimning Ispaniyadan tashqariga chiqishi bilan bogʻliq oilaviy va maʼmuriy masalaga tegishli xolos. 

Men ham oshkoralik tarafdoriman, lekin bu tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatish, faktlarni buzib koʻrsatish yoki himoyaga loyiq voyaga yetmagan bola bilan bogʻliq masalalarni oshkor qilishni oʻqlamayman. Hammasi ajrashganimizdan keyin bir necha hafta oʻtib boshlandi. Baʼzi mutlaqo asossiz moliyaviy talablarni qabul qilishdan bosh tortganimdan soʻng, zoʻravonlikda ayblangan ariza berildi - bu bilan ilgari meni qoʻrqitishgan va hozir bu sudda koʻrib chiqilmoqda.

Men Xudoga, adolatga va odamlarga ishonishda davom etaman. Haqiqat qaror topishini va tez orada hayotimdagi eng muhim ikki insondan birini - oʻgʻlim Ugo va qizim Jorjinani qaytarib olishimni bilaman. Ommaviy axborot vositalaridan iltimosim shuki, ularning aksariyati menga doimo koʻrsatgan hurmat va printsipiallikni saqlab qolsin, faktlarga tayanishsin, chunki haqiqatning yoʻli bitta. Xudo hayringizni bersin", - deb yozdi Topuriya ijtimoiy tarmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!