Iliya Topuriya UFC ning uch kamariga ega chiqmoqchi

  • 28.02.2026 12:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya yarim oʻrta vazn chempioni Islom Maxachevga qarshi jang oʻtkazib, UFC da uchinchi kamarni qoʻlga kiritmoqchi.

"Men uchun eng ideal variant — Maxachev bilan yarim oʻrta vaznda jang qilish. Shunda men uchinchi kamarni qoʻlga kirita olar edim. Yana bir ajoyib variant — 70 kg va 77 kg boʻlgan vazn toifasida, keyin vazn toifasidan qatʼi nazar eng yaxshi jangchi uchun yangi maxsus kamarga jang qilish", — dedi Iliya bloger Adina Rosaning You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Topuriya oxirgi bor "UFC 317" turnirida oktagonga koʻtarilib, Charlz Oliveyrani 1-raundda nokautga uchratgan edi.

Gʻiyosiddin Uralov tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!