Iliya Topuriya Xabib Nurmagomedovning jang uslubini tanqid qildi
Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya MMA afsonasi Xabib Nurmagomedovning jang uslubi zerikarli, deb atadi.
“Xabib so‘nggi ikki jangigacha tomoshabop jangchi emas edi. Uni qiziqarli qilgan jihat — mag‘lubiyatsiz seriyasi bo‘lgan. Odamlar kimdir uni yenga oladimi, degan savol bilan janglarini kuzatishardi. Ammo shaxsan men hech qachon Nurmagomedovning uslubiga muxlis bo‘lmaganman”, — dedi Iliya strimer Adin Rossning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Topuriya Oq Uyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnirning markaziy to‘qnashuvida ishtirok etmasligi haqida xabarlar tarqalyapti.
Zeboniso Hamidova tayyorladi
Fikrlar