Ilkay Gyundogan: "Arsenal bilan raqobatimiz Liverpul bilan raqobatimizdan ancha farqli"

  • 23 sentabr, 2024, 17:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilkay Gyundogan "Manchester Siti" va "Arsenal"ning o‘yinini o‘zaro solishtirdi.

"Bu "Liverpul"dan biroz farqli raqobat. Chunki jamoalarning o‘yin uslubi boshqacha. "Arsenal" bizning o‘yin uslubimizga Kloppning "Liverpul"iga qaraganda ancha o‘xshash. Mikel Arteta bu klubni, futbolchilarni va rahbariyatni juda yaxshi biladi. U Pep bilan ishlagan va shu sababli Gvardiolaning Artetaga ta’siri juda katta. Agar murabbiy bo‘lsam, men bilan ham shunday bo‘ladi.

Bu esa raqobatni Kloppning “Liverpul”idan farq qiladi. Qaysi biri osonroq ekanini aytish qiyin. Ammo yangi darajadagi raqobatda ikkala jamoa ham bir-birini juda yaxshi bilishadi va bir-birlariga tayyor turishadi. Kichik, ammo muhim tafsilotlarni yaxshiroq bajargan kishi eng kuchli bo‘ladi. Bu hamma narsani farq qiladigan kichik detallar.

Klopp va "Liverpul" bilan bu butunlay boshqacha mavsumlar bo‘ldi. Shiddatliroq, o‘yin natijasiga katta ta’sir ko‘rsatgan qiyin lahzalar etarlicha bo‘ldi
", dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!