Iltimos, Pogbani olinglar!

  • 04.10.2021 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba klubdan ketishga qaror qilgan. Frantsiyalik yulduz anchadan beri yangi shartnoma bo‘yicha takliflarni rad etib kelmoqda. Klubga Krishtianu Ronaldu kelgani ham uning fikrini o‘zgartirmadi.

Xorij matbuotining yozishicha, Pogba o‘z kuchini Ispaniya chempionatida sinab ko‘rmoqchi.  O‘z navbatida, “Real” va “Barselona”  anchadan beri bu futbolchiga qiziqish bildirib keladi.

Kataloniyaliklar Pogbaning agenti Mino Rayola  bilan do‘stona aloqaga ega. Biroq, Rayola mijozini “Barsa”ga jo‘natmoqchi emas. Chunki kataloniyaliklar moliyaviy inqirozga tobora chuqurroq sho‘ng‘ib bormoqda.

Shu bois, Mino Rayola “Real” va PSJga Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishni tavsiya qildi. Pogbaning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Xaridor klublar Pogba bilan maosh masalasini, Rayola bilan gonorar miqdorini hal qilsa bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!