
Ilyos Zeytullaev: "Himoyachilarimga umuman e’tirozim yo‘q"
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
- Yigitlarga borini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman!
- Himoyachilarning harakatlariga qanday baho berasiz?
- Himoyachilarimga umuman e’tiroz yo‘q. Ular juda yaxshi harakat qilishdi. Jangchi ular!
- Bugungi o‘yindan avval rejalar qanday edi?
- Futbol o‘ynash va undan rohat olish!
- Mag‘lubiyatni nima bilan bog‘lagan bo‘lardingiz?
- Rosti, bu savolga javob berish qiyin.
- Balki bugun “Navbahor” yaxshi o‘ynagandir?
- Hozir aniq fikr bildira olmayman, faqat qo‘l ostimdagi yigitlarga rahmat aytishim mumkin. Sababi, ular bilan katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ular bilan faxrlanaman!
- Natija adolatlimi?
- O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?
- Menimcha bahsli.
- Savolingizga o‘zingiz javob berdingiz.
Fikrlar