Imeda Ashortia: "Natija bizning ustunlikka erishganimizni ko‘rsatib turibdi"
Maʼlumki, kecha “Andijon” chempionatning ochilish oʻyinida “Bobur arena”da “Soʻgʻdiyona”ni 4:0 hisobida tor-mor keltirdi. Uchrashuvni faol oʻtkazgan futbolchilarimizdan biri gruziyalik Imeda Ashortia klub matbuot xizmatiga oʻyin haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Gʻalaba qozonganimiz uchun Xudoga shukr. Shuningdek, muxlislarga ajoyib atmosferani yaratishgani uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Hammamizga yaxshi maʼlumki, chempionatning boshlanishi doimo qiyin kechadi, oson boʻlmaydi.
Qayd etilgan hisob bizni maydonda ustunlik qilganimizni, kuchligimizni va yaxshi tayyorgarlik koʻrganimizni koʻrsatib turibdi. Gʻalaba uchun juda yaxshi harakat qildik. Bu boshlanishi. Koʻp mehnat qildik va umid qilamanki, ushbu gʻalabali yurishimizni davom ettiramiz”.
Fikrlar