Indoneziya klubi o'zbekistonlik hujumchiga qiziqmoqda!

  • 01.01.2026 16:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Indoneziyaning "Persib Bandung" klubi Oʻzbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi jamoasi hujumchisi Igor Sergeevni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida bola.okezone.com nashri xabar berdi.

Avvalroq, futbolchiga Eronning ikki jamoasi  "Persepolis" hamda "Sepahon" qiziqish bildirgan edi.

"Persib Bandung" Indoneziya ligasining oʻtgan mavsum chempioni va Osiyo Chempionlar Ligasi 2ning 1/8 final bosqichiga chiqishni uddalagan.

Maʼlumot uchun, Sergeev Superliganing yakunlangan mavsumida "sherlar" safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!