Indzagining yordamchi murabbiyi kechagi uchrashuv va bo‘lajak final haqida gapirdi

  • 24 may, 13:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" Italiya A Seriyasining so‘nggi turida "Komo"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Biroq, jadvalda "Napoli"dan bir ochko orqada qoldi. Neapolliklar esa "Kalyari"ni 2:0 hisobida yutib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Tecno

"Futbol go‘zal va orzularni ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Ikki yil avval Chempionlar ligasi finalida g‘alabaga juda yaqin edik. Endi esa bu kubokni boshimiz uzra ko‘tarmoqchimiz" – dedi Massimiliano Farris.

– "Inter" har doim qiyinchilikdan so‘ng qayta tiklanishni bilgan. Bu safar nima qilasizlar?

"Biz bu jarayondan avval ham o‘tganmiz. Chempionlar ligasi finali oldidagi haftaning naqadar muhim ekanini yaxshi bilamiz. Shu bilan birga, bizga finalgacha kelgan yo‘l ham yodimizda. Hech qanday xafagarchilik yo‘q.

Bugundan boshlab biz orzu bilan yashaymiz. Etakchilarimizda jamoani ortlaridan ergashtirish uchun etarli hissiyot bor" – dedi Simone Indzagining yordamchisi.

Eslatib o‘tamiz, EChLning final bosqichi 31 may kuni 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!