
Inesta "Barselona"ni tark etadi
"Barselona"ning tajribali yarim himoyachisi Andres Inesta hali klub bilan shartnomasini yangilagani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali yarim himoyachi kelgusi faoliyatini sobiq ustozi Xosep Gvardiola qo‘l ostida davom ettirishi mumkin. "Manchester Siti" Inesta o‘z tarkibiga olib kelishga qattiq ishonmoqda.
32 yoshli futbolchining o‘zi faoliyatini "Barselona"da yakunlashini aytgan. Lekin yozgi transferlar mavsumida vaziyat o‘zgarib ketishi ehtimoldan xoli emas. Angliyaliklar unga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Inesta joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta uchrashuv o‘tkazib bitta gol urdi.
Fikrlar