Inesta joriy mavsumdagi "Barselona"ni qanday baholadi?

  • 30.05.2025 19:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andres Inesta Xans-Diter Flik jamoasining 2024-2025 yilgi mavsumidagi ishtiroki haqida o‘z fikrini bildirdi.

- "Barselona" ajoyib mavsumni boshdan kechirdi. Jamoa ikkita katta sovrinni qo‘lga kiritdi, Chempionlar Ligasi yarim finaliga etib bordi va finalga juda yaqin keldi. Agar ular shu yo‘nalishda davom etsa, har yili chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritaveradi, - deya Andresning so‘zlarini keltirdi "Marca" gazetasi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" La Liga chempioni bo‘ldi, shuningdek, Ispaniya kubogini ham qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida kataloniyaliklar Madridning "Real" jamoasi ustidan irodali 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!