Infantino Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgani bilan tabrikladi

  • 06.10.2025 23:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni samimiy tabrikladi. 
 
Infantino o‘z murojaatida shunday yozdi: 
 
“2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006 yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempioni bo‘lgan edingiz. Oradan yigirma yil o‘tib, endi bu nufuzli turnirda yangi maqomda — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etasiz”. 
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlab boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!