
Infantino: "Klublar o‘rtasidagi JCh — moliyaviy va tashkiliy jihatdan ulkan muvaffaqiyat"
FIFA prezidenti Janni Infantino AQShda o‘tkazilayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuni bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz aniq ko‘rdikki, klublar turnirdan mamnun. Men turli fikrlarni hurmat qilaman, biz ularni qabul qilamiz. Lekin men, FIFA prezidenti sifatida, tashkilot qilayotgan ishlarni himoya qilaman.
Biz bu turnir orqali 2 milliard dollardan ortiq daromad ko‘rdik — bu har bir o‘yin uchun o‘rtacha 31 million dollar degani. Bunday iqtisodiy ko‘rsatkichni hech qaysi turnir taqdim qila olmaydi. Bu juda katta muvaffaqiyat" — dedi Infantino.
Shuningdek, u turnir davomida stadionlarda jiddiy hodisalar kuzatilmaganini ham alohida ta’kidladi:
"Xudoga shukr, finalgacha hammasini tinch o‘tkazdik. PSJ va "Chelsi" muxlislari turnir boshidanoq ajoyib muhit yaratishdi" – deya ta’rif berib o‘tdi shveytsariyalik rahbar.
Eslatib o‘tamiz, turnirning so‘nggi ya’ni final bellashuvi ertaga soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar