
Inglizlar Mourino so‘ragan hujumchini bermadi
“Roma” og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Temmi Abraxam o‘rnini bosadigan forvard qidiryapti.
Joze Mourino ro‘yxatiga Janluka Skamakka ham kiritilgan edi. Rimliklar futbolchini ijaraga berishni so‘rab, “Vest Xem” mutasaddilariga murojaat qildi.
Sky Sport nashrining xabariga ko‘ra, angliyaliklar bu variantni ma’qullamadi. Ular italiyalik hujumchini to‘liq transfer qilinishini istamoqda.
Skamakka aslida “Roma” yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Bu futbolchi ikki mavsum muqaddam “Jenoa”da Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan edi.
Fikrlar