Inigo Martines nega "An-Nasr"ga o‘tganini aytdi

  • 13.08.2025 19:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Inigo Martines "Barselona"dan ketish sabablari haqida gapirdi. Himoyachi Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qildi va "An-Nasr"ga o‘tdi.

"Shartnomam tugashiga bir yil qolgandi, men 34 yoshdaman va bunday variantlar paydo bo‘lganda - rad etish qiyin. Ehtimol, agar shartnomam muddati tugashiga ko‘proq yil qolganida o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim. Qolaversa, "Barselona"da maoshim juda kam emasdi, oilam esa bundan mamnun edi.

Qaror osonlikcha qabul qilinmadi, chunki men xotinim va qizlarimni o‘z ortimdan ergashtiraman, ammo shuni aniq ayta olamanki, shartnoma muddati uzoqroq bo‘lganda, men uzoqroq o‘ylagan bo‘lardim.

Bunday taklifni ko‘rganingda, hatto ishonmaysan ham. Hech kim bunday shartnomalarni ko‘rishni kutmaydi - hech bo‘lmaganda men. Butun faoliyatim davomida futbolda "piyoda" bo‘lganman, mehnat va ter evaziga zinapoyadan ko‘tarilganman. Ammo bunday shartnomani olganingizda, u sizni, undan ham ko‘proq oilangizni g‘aflatda qoldiradi.

Moliyaviy jihatdan bu ligani boshqa ligalar bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Faoliyatimni hisobga olib, "Barselona"ga berganimni inobatga olib, bu qadamni qo‘yishga qaror qildim. Futbolchining faoliyati qisqa va bu poezd kelganda yo‘q deyish qiyin", - deydi Inigo Onda Vasca nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!