Insayder Romano “Siti” yulduzi boradigan manzillarni aniqladi

  • 31.03.2026 15:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”da 2017 yildan beri o‘ynab kelayotgan yarim himoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum tugagach, klubini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining ketishi haqida aniq signallar yanvar oyidan beri kuzatilmoqda. 

31 yoshli futbolchiga Yevropa, Saudiya Arabistoni va AQSh klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, qaror deyarli qabul qilingan, ammo hali rasmiy emas.

Silva mavsumning hal qiluvchi qismiga “Manchester Siti”da to‘liq e’tibor qaratib, shundan keyin keyingi klubini tanlaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Portugaliyalik yulduz “Manchester Siti”dagi to‘qqiz yillik faoliyati davomida barcha musobaqalarda 449 ta o‘yin o‘tkazib, 76 ta gol urdi. U olti marta Angliya chempioni bo‘ldi, besh marta Angliya Liga kubogini, uch marta Angliya Superkubogini, ikki marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, u Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!