Insine "Napoli" tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yana bir pog‘ona yuqoriladi

  • 11 yanvar, 2021, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" vingeri Lorentso Insine kecha A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan "Udineze"ga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Bu Insinening neapolliklar tarkibidagi 73-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, u shu tariqa “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Attila Salyustro hisoblanadi. U jami 106 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!